Xizmatlar
Xizmatlar va narxlar.
Bu boshlang'ich narxlar. Aniq narx ish hajmiga bog'liq: Telegramda 10 daqiqa gaplashsak, aniq summani aytaman.
Qatorni bossangiz, Telegram tayyor xabar bilan ochiladi.
Hisob-kitob tizimlari
Savdo, ombor, qarz va xodimlar bir joyda. Excel va daftar kerak bo'lmaydi, kim nima qilgani doim ko'rinib turadi.
Saytlar
Kompaniya sayti yoki bitta xizmat uchun landing. Telefonda qulay, tez ochiladi, Google'da topiladi.
Telegram botlar
Buyurtma oladi, yukni kuzatadi, xodimlar davomatini yozadi. Siz hisobotni Telegramda ko'rasiz.
AI
Mijozlarga o'zi javob beradigan chatbot va takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirish.
Kontent
Instagram va Telegram uchun kontent reja.
Narxlar eng kam summa. Yakuniy narx ish hajmi, muddat va murakkablikka qarab kelishiladi. Katta loyihalarni bosqichlarga bo'lib to'lash mumkin.
Kafolatlar
Ishonch uchun oddiy qoidalar
- 01
50/50 to'lov
Yarmini boshida, yarmini tayyor tizimni ko'rib to'laysiz.
- 02
2 hafta bepul tuzatish
Topshirgandan keyin kichik o'zgartirishlar bepul.
- 03
Muddat oldindan aytiladi
Kechikish bo'lsa, oxirgi kunda emas, oldindan bilasiz.
- 04
Kod sizniki
Sizga maxsus qilingan tizimning manba kodi va barcha kirish ma'lumotlari sizga topshiriladi.
Ko'p so'raladigan savollar
50% ish boshlanishida, 50% topshirganda. Katta loyihalarda bosqichma-bosqich to'lash mumkin.
Muddatni boshida real qilib belgilayman. Biror narsa o'zgarsa, oldindan aytaman.
Ha. 2 hafta kichik tuzatishlar bepul. Keyin soatbay yoki oylik qo'llab-quvvatlash bilan ishlaymiz.
Albatta. Ko'p mijozlar faqat bot yoki faqat sayt uchun keladi.
Oylik to'lov faqat tayyor tizimimni ijaraga olsangiz bo'ladi: server, yangilanishlar va yordam shu narxga kiradi. Sizga maxsus qilingan tizim uchun oylik to'lov yo'q, kodi sizga topshiriladi.
Aloqa
Loyihangiz bormi? Yozing.
Nima kerakligini ikki-uch gap bilan yozing. Odatda ikki soatda javob beraman va taxminiy narxni aytaman.
Namangan · GMT+5 · o'zbek, rus va ingliz tillarida