Klient
KinoDam — kino kanal
Yil
2026
Rol
Bot arxitekturasi + development
Tools
grammY, TypeScript, Node.js, Telegram Bot API

Muammo

Kino kanallari auditoriyani ushlab turish uchun kontentni tez yetkazishi kerak. Klassik usul — har film uchun kanalda post qidirish — foydalanuvchi uchun sekin, admin uchun tartibsiz. Kerak edi: foydalanuvchi kod yozadi, bot filmni darhol beradi, kanalga obuna bo'lganlargagina.

Yechim

grammY framework asosida qurilgan bot:

  • Kod bo'yicha qidiruv — foydalanuvchi raqam yuboradi, bot filmni topib beradi
  • Obuna tekshiruvi — kanalga obuna bo'lmagan foydalanuvchiga avval obuna taklifi
  • Admin panel — yangi film qo'shish, kod biriktirish, statistika — hammasi bot ichida, alohida sayt kerak emas
  • Xatolikka chidamlilik — noto'g'ri kod, o'chirilgan kontent, bloklangan foydalanuvchi — har holat uchun aniq javob

Texnik qarorlar

  • grammY + TypeScript — bot logikasi tipli, sessiya boshqaruvi toza
  • Middleware zanjiri — obuna tekshiruvi bitta middleware, har handler'da takrorlanmaydi
  • Kontent ID map — fayllar Telegram serverida, bot faqat file_id saqlaydi — hosting xarajati nol

Natija

Bot 2026-yil aprelda ishga tushdi — mening birinchi production loyiham. Kanal auditoriyasi uchun kino olish endi ikki qadam: kodni yoz, filmni ol. Obuna tekshiruvi kanal o'sishiga to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi.

Keyingi loyiha

Montrax Savdo