Mix Mobile
Ikki filialli telefon do'koni uchun savdo va ombor tizimi: har telefon IMEI bilan, qarzlar, PDF chek va Telegram'da kunlik hisobot.
- filial, bitta bazada
- 2

Mix Mobile, telefon do'koni · 2026
Illyustratsiya: mijoz ma'lumotlari ko'rsatilmaydi
Ikki filialli telefon do'koni uchun savdo va ombor tizimi: har telefon IMEI bilan, qarzlar, PDF chek va Telegram'da kunlik hisobot.
- filial, bitta bazada
- 2
- filial, bitta bazada
Illyustratsiya: mijoz ma'lumotlari ko'rsatilmaydiMuammo
Mix Mobile telefon sotadi, do'konlari Namangan va Toshkentda. Telefon savdosida har aparat alohida: IMEI raqami, holati va kelish narxi bor. Mijozlar ko'pincha bo'lib to'laydi, telefon almashtiriladi yoki qaytariladi. Bularning hammasi daftar va jadvalda yuritilganda kim qancha qarzdorligi va qaysi telefon qancha foyda berganini bilish qiyin edi.
Nima qildim
- Ikki filial bitta bazada. Sotuvchi faqat o'z filialini ko'radi, egasi esa hammasini. Telefonni bir filialdan boshqasiga o'tkazish mumkin.
- Har telefon alohida. Modeli, holati, IMEI raqami, kelish va sotish narxi. Ro'yxat rasmli kartalarda, sotuvchi aparatni rasmidan taniydi.
- Savdo va qarz. Bo'lib to'lashda mijoz balansi o'zi hisoblanadi. Qaytarish va almashtirishda eski savdo yopilib, yangisi bog'lanadi.
- PDF chek. Har savdoga IMEI bilan chek bir bosishda chiqadi.
- Telegram bot. Egasi /holat, /bugun va /qarzlar buyruqlari bilan holatni ko'radi, har kuni soat 9:00 da hisobot keladi.
- Excel. Eski jadvallarni import qilish va hisobotlarni Excel'ga chiqarish.
Natija
Tizim 2026-yil iyunda ishga tushdi. Do'konning kunlik hisobi endi bitta joyda: kim nima oldi, qancha qarz qoldi va qaysi telefon qancha foyda berdi. Mijoz ma'lumotlari maxfiy bo'lgani uchun bu yerda ekranlar o'rniga illyustratsiya ko'rsatilgan.
Sizga ham shunga o'xshash tizim kerakmi?
Ishingiz qanday ketishini Telegramda ikki-uch gap bilan yozing. Odatda ikki soatda javob beraman va taxminiy narx bilan muddatni aytaman.
Keyingi loyiha
BayLog Cargo →