Telegramda yozish

BayLog Cargo

Yuk tashish kompaniyasi uchun sayt, CRM va Telegram botlar. Hammasi bir-biriga ulangan, xodimlar har kuni ishlatadi.

bosqichli yuk doskasi
13
tilda CRM
4
xodim roli
5
Telegram bot
3
BayLog Cargo

Muammo

BayLog Cargo Xitoydan O'zbekistonga yuk olib keladi. Oyiga 200 tagacha yuk, 3–10 xodim. Hammasi Excel va Google Sheets'da yuritilardi: yuk qaysi bosqichda ekanini bilish qiyin edi, qarzlar chalkashardi, bir faylni bir vaqtda bir necha kishi ochsa, ma'lumot o'chib ketardi. Mijozlar esa kun bo'yi menejerga qo'ng'iroq qilib, "yukim qayerda?" deb so'rashardi.

Nima qildim

Bitta tizim emas, bir-biri bilan gaplashadigan bir nechta loyiha:

  • Sayt (baylog.uz). Uch tilda, xaritada Xitoy–O'zbekiston yo'nalishi, ariza formasi. Arizalar to'g'ridan-to'g'ri Telegramga keladi. Yangiliklar saytga ham, kompaniya kanaliga ham bir vaqtda chiqadi.
  • CRM. Yuklar 13 bosqichli doskada, mijozlar, 50/50 to'lov qoidasi va qarz daftari, kassa, yuk mashinalari xarajatini yuklar bo'yicha taqsimlash, ombor, vazifalar, hisobotlar. 5 ta rol, 4 ta til (o'zbek, rus, ingliz, xitoy). Kompyuterga o'rnatiladigan versiyasi ham bor.
  • AI yordamchilar. Invoice va packing list'ni o'qib beradi, bojxona kodini topadi, xarajatni hisoblaydi, mijozga javob qoralamasini yozadi. Hech biri bazaga o'zi yozmaydi, har natijani odam tasdiqlaydi.
  • Tracking bot. Mijoz kod bilan kirib, yuki qaysi bosqichda ekanini ko'radi. Bosqich o'zgarsa, bot o'zi xabar yuboradi.
  • Xodimlar boti. GPS bilan davomat, vazifalar rasmli hisobot bilan, oy oxirida KPI va bonus hisobi.
  • Moliya boti. Kirim-chiqimni Telegramda tugmalar bilan kiritasiz, bot buxgalterning Google Sheets jadvaliga yozadi.

Qanday bog'langan

CRM va tracking bot API orqali gaplashadi: yuk bosqichi CRM'da o'zgarsa, mijoz darhol xabar oladi. Kassa moliya boti bilan bitta jadvalga yozadi. Xodimlar botidagi KPI CRM'da ko'rinadi.

Natija

Kompaniya endi yuklar, to'lovlar va xodimlar ishini bitta joyda ko'radi. Tracking botda 71 ta avtomatik test bor, har deploydan oldin baza zaxiraga olinadi. Sayt Google'da tez ochiladi: LCP 1.4–2 soniya.

Ekranlar

BayLog Cargo: CRM ekrani
BayLog Cargo: Telegram bot
BayLog Cargo: saytning to'liq sahifasi

Ichida pastga suring, butun sahifa ko'rinadi

BayLog Cargo: telefondagi ko'rinishi

Sizga ham shunga o'xshash tizim kerakmi?

Ishingiz qanday ketishini Telegramda ikki-uch gap bilan yozing. Odatda ikki soatda javob beraman va taxminiy narx bilan muddatni aytaman.