Telegramda yozish

Futbolchilar uyushmasi

Konkurs uchun qilgan maketim. Futbolchi murojaat yuboradi va uning holatini kuzatib boradi.

sahifa
18
til
4
ish rejimi
2
Futbolchilar uyushmasi

Vazifa

O'zbekiston futbolchilari uyushmasi (FIFPRO a'zosi) yangi sayt uchun konkurs e'lon qildi. Shart: interaktiv HTML maket. Asosiy vazifa: futbolchi shartnoma, oylik qarz yoki transfer bo'yicha murojaat yubora olsin va uning holatini kuzatib borsin.

Nima qildim

  • Murojaat. 6 ta turkum, fayl biriktirish, 5 bosqichli holat. Holat o'zgarsa, futbolchi kabinetda ham, Telegramda ham xabar oladi.
  • Kabinet. Telegram orqali kirish, 4 qadamli anketa, a'zolik kartasi.
  • Ramziy terma jamoa. Maydon sxemasida 11 futbolchini tanlab ovoz berish, foizlar darhol yangilanadi.
  • Anonim kanal. Ismini aytmasdan xabar berish va kod orqali javobni kuzatish.
  • Admin panel. 9 bo'lim, admin va yurist rollari, CSV eksport.

Har sahifa ikki rejimda ishlaydi: server bilan yoki serversiz demo sifatida, faylni ochishning o'zi yetarli. Hakamlar hech narsa o'rnatmasdan ko'ra olishi uchun shunday qildim.

Natija

Maket 4 tilda (o'zbek lotin, o'zbek kirill, rus, ingliz) topshirildi. Konkurs natijasi hali e'lon qilinmagan.

Ekranlar

Futbolchilar uyushmasi: ichki sahifa
Futbolchilar uyushmasi: ichki sahifa
Futbolchilar uyushmasi: saytning to'liq sahifasi

Ichida pastga suring, butun sahifa ko'rinadi

Futbolchilar uyushmasi: telefondagi ko'rinishi

Sizga ham shunga o'xshash tizim kerakmi?

Ishingiz qanday ketishini Telegramda ikki-uch gap bilan yozing. Odatda ikki soatda javob beraman va taxminiy narx bilan muddatni aytaman.