← Hamma ishlar

Bayoma.

Maishiy texnika zavodi uchun sayt, ombor tizimi va xodimlar boti.

tilda sayt
3
tilda sayt
sahifa
12
sahifa
ma'lumot modeli
36
ma'lumot modeli
Excel hisobot
12
Excel hisobot
Bayoma

Muammo

Bayoma muzlatkich, kir yuvish mashinasi va televizor ishlab chiqaradi va ulgurji sotadi. Eski sayt chakana katalog edi, narxlar bilan. Zavod ichida esa ombordagi qoldiq ko'rinmasdi, brak hisobga olinmasdi, ishlab chiqarishda ishlatilgan detallar ombordan o'zi chegirilmasdi.

Nima qildim

  • Saytning yangi versiyasi. Ulgurji savdoga moslangan: narx o'rniga "narx so'rash", savatcha o'rniga so'rovlar ro'yxati, Telegram orqali buyurtma. 12 ta sahifa, uch til, mahsulotlarni uch tilda tahrirlaydigan admin panel. API'ni Django'da qayta yozdim: spamdan himoya, telefon raqamlarini tekshirish, soatiga 20 tadan ortiq ariza qabul qilmaslik.
  • Ombor va ishlab chiqarish tizimi. Tovar kirimi Markaziy bank kursi bilan, import xarajatlari mahsulotlarga taqsimlanadi. Ko'p bosqichli spetsifikatsiyalar, sifat nazorati (brak narxi yaroqli mahsulot tannarxiga qo'shiladi), seriya raqami va QR yorliq, qarzlar, kafolat qaytimlari, direktor paneli. Internet uzilsa ham ishlaydi, keyin o'zi sinxronlanadi.
  • Xodimlar boti. GPS bilan kelish-ketish, rasmli vazifa hisoboti, bo'lim boshlig'ining bahosi va oylik KPI.

Eslatma: bayoma.uz saytining birinchi versiyasini boshqa dasturchi qilgan. Men saytni va API'ni noldan qayta yozdim.

Natija

Ombor tizimi 21 ta modul va 12 ta Excel hisobotdan iborat. Xodimlar uchun 6 ta o'quv taqdimoti tayyorladim. Mijoz tizimni sinov rejimida ishlatyapti.

Ekranlar

Bayoma — 1
Bayoma — 2

Ichida pastga suring, butun sahifa ko'rinadi

Bayoma — 3